1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqanddagi xonadonlarning birida 2 kishining jasadi topildi

Mazkur hodisa Yuqori turkman mahallasida sodir bo‘lgan.

Samarqanddagi xonadonlarning birida 2 kishining jasadi topildi

 

Voqea yuzasidan birlamchi xulosalarga ko‘ra, fuqarolar ehtiyotsizlik oqibatida tabiiy gazdan foydalanib, etiologik zaharlanishdan vafot etgan bo‘lishi mumkin. 

 

Mazkur holatni o‘rganish uchun tuman komissiyasi tuzilgan.

 

Komissiya tomonidan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyning holati bo‘yicha o‘zgarishlarni qayd etish, tabiiy gazdan foydalanish uskuna va jihozlarning turi, rusumi, markasi, ularning joylashuv o‘rni  eʼtiborga olingan.

 

Bundan tashqari,  texnik holatini aniqlash, dudbo‘ron va shamollatish kanallarining loyiha hujjatlariga, belgilangan norma va qoidalarga muvofiqligini aniqlash, baxtsiz hodisa guvohlari bilan suhbat olib borish kabilar ko‘zda tutilgan.

 

Maʼlumot uchun: Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida joylashgan korxonalardan birining kirish darvozasi oldiga o‘rnatilgan metall konteyner ichida ikki kishi nomaʼlum etiologik zaharlanish bilan vafot etgan holda topilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusobod tumanidagi xususiy uylardan birida besh talabaning is gazidan zaharlanib vafot etgani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hukmi o‘qilgani hamda 13 yoshli qiz nomaʼlum gazdan zaharlanib, vafot etgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика