1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandga “Islom madaniyati poytaxti” ramziy bayrog’i topshirildi

Tadbirda dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan vakillar ishtirok etishdi.

Samarqandga “Islom madaniyati poytaxti” ramziy bayrog’i topshirildi

27-may kuni navqiron Samarqandda “Islom dunyosi madaniy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, she’riyat va birdamlik”forumi bo’lib o’tdi. Nufuzli tadbirda dunyoning 20 dan ortiq AYSESKO tashkilotiga a’zo davlatlaridan vakillar ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

Yildan-yilga O‘zbekistonning AYSESKO bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik aloqalari  rivojlanib bormoqda.


Mamlakatimiz ushbu tashkilotga a’zo bo’lganiga ko’p bo’lmagan bo’lsa-da, qisqa fursat ichida bir qancha hamkorlik loyihalar amalga oshirildi.

 

 

 

 

 

 

AYSESKO tomonidan 2007-yilda Toshkent shahri, 2020- yilda esa, Buxoro  shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilingan edu. Ushbu maqom dunyo hamjamiyatida O’zbekistonning nufuzini yana bir karra oshirishga zamin yaratadi. 

 

2023-yilning 23-25- sentyabr kunlari Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom dunyosi madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida 2025- yilda Samarqand shahri “Islom olami madaniyati poytaxti sifatida e’lon qilingan edi. 

 

 

 

 

 

 

Samarqandning “Boqiy shahar” majmuasi markazida islom olami madaniyat vazirlari ishtirokida “Islom dunyosining ma’naviy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, she’riyat va hamjihatlik” xalqaro forumi doirasida “Samarqand shahri – 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti” tadbirlari yuqori saviyada bo‘lib o’tdi.

 

Forum davomida islom olami madaniyat vazirlari  fikr va mulohazalarini aytib o’tdi.

 

O’zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov forum doirasida nutq qilar ekan: “Bugungi globallashuv jarayonida yuzga kelgan “anti-madaniyat epidemiyasi” avj olgan bir vaqtda, AYSESKO-insoniyatni “qo’shtirnoq ichida” emlash, uni halokatdan qutqarib qolish uchun yaratilgan golbal platformadir”-degan fikrni ilgari surdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Shuningdek forum doirasida Islom Olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti-AYSESKO bosh direktori doktor Salom Bin Muhammad Al Malik, O’zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Samarqand vikoyati hokimi Adiz Boboyevga  “Islom dunyosi madaniy poytaxti”ning ramziy bayrog’i hamda statuetkasi tantanali ravishda topshirdi.

 

Shuni ham aytish joizki, O’zbekiston ushbu maqomga uchinchi marotoba egalik qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика