Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyati Jomboy tumanida bir ayol 2 farzandini tashlab yubormoqchi bo‘lgani va ayolni to‘xtatib qolishgani aks etgan video tarqalmoqda.
Aniqlanishicha, holat tumanning Shirinkent mahallasida istiqomat qiluvchi ayol bilan yuz bergan.
Fuqaro dastlabki ko‘rsatuvida 2 farzandi bilan ota-onasining uyida yashashi, o‘ziga nisbatan hech qanday bosim bo‘lmaganini bildirgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv o‘tkazilyapti. Shuningdek, ayolga psixologik yordam ko‘rsatish chorasi ko‘rilmoqda.


