MIB Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro xujjatiga ko‘ra, qarzdor otadan uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti aliment undirish ko‘rsatilgan. Mazkur ish muddatidan oldin tugatildi, deb xabar bermoqda MIB shahar bo‘limi davlat ijrochisi O‘lmasjon To‘raqulov.
Ma’lum qilinishicha, aliment to‘lovchi ota davlat ijrochisining tushuntirishlaridan xulosa chiqarib, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minoti uchun aliment pulini oldindan to‘lab berish imkoniyati borligini bildirgan.
Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan uch nafar voyaga yetmagan farzandlarning 18 yoshgacha bo‘lgan aliment miqdori hisoblab berilgan va qarzdor ota sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda 106 million 425 ming so‘m aliment pulini to‘lagan.
Hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, Byuroning shahar bo‘limi tomonidan ijro hujjati muddatidan oldin tugatilib, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilingan.


