1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandning ayrim hududlarida 20 yildan so‘ng issiqlik ta’minoti tiklanmoqda

22 ta ijtimoiy soha obyekti hamda 381 ta ko‘p qavatli uy issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Samarqandning ayrim hududlarida 20 yildan so‘ng issiqlik ta’minoti tiklanmoqda

 


Samarqand shahrining “Sattepo”, “Sug‘diyona” va “Mikrorayon” hududlarida uzoq yillik tanaffusdan so‘ng markazlashgan issiqlik ta’minoti qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada 22 ta ijtimoiy soha obyekti hamda 381 ta ko‘p qavatli uy issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanadi.


Loyiha doirasida “RK-2” markaziy qozonxonasida umumiy uzunligi 39,4 kilometr bo‘lgan teng qobiqli issiqlik quvurlari yotqizilmoqda. Shuningdek, umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan 3 ta zamonaviy qozonxona qurilishi rejalashtirilgan.


Mazkur ishlar aholi yashash sharoitini yaxshilash, ijtimoiy obyektlar faoliyatini barqaror ta’minlash hamda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика