IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti matbuot xizmati xabar berishicha, «Sankt-Peterburg – Toshkent» yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyot bortida yo‘lovchi mast holatda jamoat tartibini buzgan va havo kemasi ekipaji bilan mojaro uyushtirgan.
Maʼlum qilinishicha, havo kemasi bortida mast xolda ekipaj bilan janjallashib, jamoat tartibini buzgan yo‘lovchi fuqaroga nisbatan Toshkent shahri aeroportlarida XTB HPB xodimlari tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bo‘yicha hjjatlar rasmiylashtirilgan.
Natijada ushbu shaxsga nisbatan 29-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sirg‘ali sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.


