1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Samolyotdan evakuatsiya qilish haqidagi haqiqatlar

Favqulodda holatda samolyot bortida nimalar bo‘lishini bilasizmi?

Samolyotdan evakuatsiya qilish haqidagi haqiqatlar

 

Ko‘pchilik samolyotda parvozdan oldin evakuatsiya qoidalari tushuntirilishiga guvoh bo‘lgan. Ammo har doim ham bort kuzatuvchisining harakatlari va so‘zlariga diqqat qilmaymiz. Yaxshilab o‘zlashtirilgan xavfsizlik texnikasi odamlar hayotini qutqarib qolishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

 

Delta Airlines aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi samolyotdan evakuatsiya qilish bo‘yicha haqiqiy faktlarni ochiqladi.

 

Evakuatsiya vaqtida (deyarli) hamma narsangizni samolyotda qoldiring

 

Sisi nomi ostida blog yurituvchi styuardessaning so‘zlariga ko‘ra, barcha bort kuzatuvchilar evakuatsiya vaqtida samolyotdan hech narsa olib chiqmaslikni aytadi. Ammo eʼlon qilingan videoda odamlar telefon bilan chiqayotganini ko‘rish mumkin. Sisi bu normal holat ekani, telefon boshqa yo‘lovchilarning harakatlanishiga xalaqit qilmagani uchun bunga ruxsat berilishini aytadi.

 

Sizdan boshqalarga yordam berish so‘ralishi mumkin

 

Yo‘lovchilar samolyotga chiqayotganida bort kuzatuvchilari o‘zi uchun yordamchi-yo‘lovchilarni belgilab oladi. Favqulodda holatda ular ekipajga odamlarni evakuatsiya qilishda yordamlashishi mumkin.

 

Yordamchi-yo‘lovchilar qanday tanlanadi?

 

Sisining so‘zlariga ko‘ra, har bir yo‘lovchi samolyotga chiqayotganida ekipaj uning jismoniy holatiga eʼtibor qaratadi. Global aviatsiya axboroti tarmog‘i maʼlumotiga ko‘ra, ishlamaydigan ekipaj aʼzolari, harbiylar, qutqaruv xizmatlari xodimlari va tibbiyot xodimlari eng yaxshi yordamchilar bo‘ladi. Ekipaj aʼzolarining yo‘lovchilar bilan qisqa suhbatlari ham favqulodda holatda kimdan yordam so‘rash mumkinligini aniqlashga yordam beradi.

 

Evakuatsiya vaqtida ekipajga ishonish kerak

 

Evakuatsiya vaqtida eng muhimi tinchlik saqlashdir. Bort kuzatuvchilari bir necha oydan bir necha yilgacha maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi. Demak, samolyotdagi xodimlarning barchasi favqulodda vaziyatda o‘zini qanday tutishni biladigan professionallardir.

 

Evakuatsiya tez-tez amalga oshiriladimi?

 

Federal aviatsiya boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, yiliga 30 ga yaqin evakuatsiya qayd etiladi. Osmondagi samolyotlar soni esa 39 milliondan ortiq.

 

Evakuatsiya juda tez yuz beradigan jarayondir. Avia ishlab chiqaruvchi uning samolyoti tegishli ruxsat olishi uchun undan uzog‘i bilan 90 soniyada evakuatsiya qilinish mumkinligini isbotlashi kerak.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика