Janubiy Koreyaning elektronika ishlab chiqaruvchi Samsung Elestroniss kompaniyasi Misrosoft kompaniyasining Bing qidiruv tizimini o‘z qurilmalarida standart qidiruv tizimiga aylantirish haqida o‘ylayotgani Googleʼni hayratda qoldirdi. Bu haqda Google‘ning ichki yozishmalariga tayanib, The Nev York Times nashri yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, Googleʼning munosabatini “vahima” so‘zi bilan ifodalash mumkin. Mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra, Samsung bilan tuzilgan shartnomadan olinadigan yillik daromad 3 milliard dollarga baholangan.
Ichki maʼlumotlarga ko‘ra, Google o‘zining mavjud qidiruv tizimini, jumladan Magi kompaniyasining sunʼiy intellektni kompaniyaning mavjud mahsulotlariga integratsiyalash loyihasi orqali yangilashni boshlagan.
Fevral oyi boshida Samsung San-Fransiskodagi taqdimotida yangi Galaxy S23 liniyasidan uchta smartfonni taqdim etdi.
Qayd etilishicha, eng qimmat smartfon modeli – Samsung Galaxy S23 Ultra 200 megapikselli asosiy kamera, shuningdek, 6,8 dyuymli displey diagonaliga ega.


