"Samsung Electronics" kompaniyasi xodimlariga ichki manba kodi sizib chiqqanidan keyin ChatGPT kabi generativ sun'iy intellekt tizimlaridan ish qurilmalarida foydalanishni taqiqladi.
Aprel oyida kompaniya muhandislari tasodifan ichki manba kodini ChatGPT’ga yuklashi orqali ma'lumot "sizib ketishi" yuz bergan edi. "Samsung" ushbu platformalarga uzatilgan ma'lumotlar tashqi serverlarda saqlanishidan xavotirda, bu esa ularni topishni osonlashtiradi va o'chirishni qiyinlashtiradi.
Yangi qoidalar generativ AI tizimlaridan kompaniyaga tegishli kompyuterlar, planshetlar va telefonlarda, shuningdek, ichki tarmoqlarda foydalanishni taqiqlaydi.


