Salomatlik

Sanitariya qoidalarini buzmang: jarima miqdori oshirilmoqda

 

Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish:

 

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha — 1 million 650 ming so‘mdan 3,3 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari bu BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha edi;

 

mansabdorlarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha  — 4 million 950 ming so‘mdan 6,6 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari bu miqdor BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha edi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish