1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini o‘n yil ortga suradi—Lyayen

13:41 / 17.01.2023

600

Sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini o‘n yil ortga suradi—Lyayen

Sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini o‘n yil ortga suradi—Lyayen

Yevroittifoq Moskvaga qarshi sanksiyalar ish berishiga umid qilmoqda

 

Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari “Rossiya iqtisodiyotini o‘nlab yillar davomida retsessiyaga olib kelishiga” umid qilmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqi rahbari Ursula fon der Lyayen Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

 

“Biz RFga qarshi eng kuchli sanksiyalarni kiritmoqdamiz. Bu Rossiya iqtisodiyotini o‘nlab yillar davomida tanazzulga solib qo‘yadi hamda uning sanoatini zamonaviy va muhim texnologiyalardan mahrum qiladi”, — dedi u.

 

YEK rahbari yana bir bor Bryussel Ukrainadagi jangovar harakatlar tufayli Rossiyaga qarshi cheklovlar qo‘llashda davom etishini va zarur bo‘lgan vaqtgacha Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

 

Yevropa Ittifoqi 2022 yil fevralidan beri Rossiyaga qarshi to‘qqizta iqtisodiy va individual sanksiyalar paketini joriy qildi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика