Sanksiyalar Rossiyaning yuqori aniqlikdagi qurol uchun uskunalar sotib olish imkoniyatini cheklaydi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi maʼlum qildi.
"Fikrimizcha, Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar kelajakda unga qurollar zaxirasi uchun ayrim tovar va uskunalar sotib olishiga taʼsir qiladi. Yuqori aniqlikdagi qurollar bunga misol bo‘la oladi", — degan u.
Shu bilan birga Kirbi uning taʼsiri qanday bo‘lishini bilmasligini aytgan. Pentagon rasmiy vakili Moskvada katta miqdorda jangovar imkoniyatlar va yirik arsenal borligini tan olgan.
Avvalroq Pentagon qator generallarni lavozimidan bo‘shatgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


