Sankt-Peterburgda rasmiylar Pulkovo aeroportidan samolyotlarning kelishi va ketishini vaqtincha taqiqladi. Xabar berilishicha, Sankt-Peterburgdan 160-200 km uzoqlikda noma'lum uchuvchi jism aniqlangan.
"Bu rejim havo chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan har qanday havo obyekti urib tushirilishini nazarda tutadi", — dedi Federatsiya Kengashi mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Frans Klintsevich.
“Biz sizga radiusi 200 km boʻlgan aylana bilan chegaralangan hududda, barcha balandliklarda havo hududiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgani haqida xabar beramiz. Sizdan muqobil parvoz yoʻnalishlaridan foydalanishingizni soʻraymiz. Bekor qilish haqidagi ma'lumotlar qo'shimcha ravishda keltiriladi", — dedi agentlik manbasi Federal havo transporti agentligi telegrammasiga tayanib.
Rasmiylar Sankt-Peterburg osmonini noma’lum uchuvchi jism tufayli yopdi, deb yozadi “RIA Novosti” shahar favqulodda xizmatlariga tayanib.


