Sankt-Peterburgda migrantlarning taksichilik va kur’yerlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga qo‘yilgan taqiq yana bir yilga uzaytirildi. Yangi qarorga ko‘ra, cheklov 2026-yil oxirigacha amal qiladi.
Shahar gubernatori matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu choralar iqtisodiy manfaatlar va xavfsizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan zarur deb topilgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu yo‘nalishlarda tartibni mustahkamlash hamda xizmat sifati ustidan nazoratni kuchaytirishga ehtiyoj bor.
Avvalroq ushbu taqiq faqat joriy yil oxirigacha amal qilishi belgilangan edi. Endilikda esa uning muddati uzaytirilgani migrantlar faoliyatiga oid qoidalar shahar miqyosida yanada qat’iylashtirilganini anglatadi.


