Sankt-Peterburg va Toshkent rasmiylari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov Toshkentga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.
"To‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishni o‘ylab ko‘rish kerak, degan fikrga keldik. Mahsulotlar sifati yaxshi. Bir marta sinov savdosini tashkil qilish kerak va kelajakda yaxshi savdo uyi ochish kerak. Sof paxtadan tayyorlangan mahsulotlar, umuman olganda arzon narxlarda. Toshkentga tashrif buyurgan ko‘plab Peterburgliklar bunday mahsulotlarni sotib olib ketishmoqda. Mahsulot sifati yuqori”, — dedi gubernator. "Kelajakda tomonlar qo‘shma korxonalar tuzishlari mumkin. Umuman olganda, sanoat sohasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarur", — dedi Aleksandr Beglov.
Umuman olganda, Sankt-Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik faol rivojlanmoqda. Aleksandr Beglovning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 2021 yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga oshgan va 185,8 million dollarni tashkil qilgan.
"O‘zbekistondan Sankt-Peterburgga import ko‘paydi. Bu yaxshi tendensiya, biz bundan xursandmiz. Olti oyda o‘tgan yilga nisbatan 75 foizga ko‘p meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar xarid qildik", - deydi u.


