Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind tarixda ilk bor Turkmanistonga tashrif bilan keldi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Juma kuni Kovind Sardor Berdimuhammedov bilan uchrashgan. Asosiy muzokaralar 2 aprelda o‘tkaziladi. Unda ikki davlat rahbarlari keng qamrovli masalalarni muhokama qiladi. Bundan tashqari, turli sohalardagi aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan qator hujjatlar paketini imzolanadi.
Ushbu uchraushuv Turkmaniston va Hindiston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Avvalroq Sardor Berdimuhammedov rasman Turkmaniston prezidenti sifatida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.


