Maʼlum bo‘lishicha, tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan majlisda “Tolibon” Savdo vaziri Nuriddin Aziziy majlisda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov bilan savdo aloqalarini mustahkamlash va Afg‘oniston tovarlarining O‘zbekiston orqali tranzitini osonlashtirish masalalarini ko‘targan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 50 nafarga yaqin afg‘on tadbirkorlari Toshkentga keldi. "Tolibon" savdo vaziri v.b. Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya tarkibiga ushbu tuzilma hamda shu kabi maqomdagi tarmoq birlashmalari vakillari ham kiritilgan.
Tomonlar savdo aloqalarini mustahkamlash, Afg‘oniston mahsulotlarining O‘zbekiston bozorida marketing strategiyasini shakllantirish, investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qilishgandi.


