Ispaniya qirolining qizi, 17 yoshli Asturiya malikasi Leonor avgust oyidan boshlab armiyada xizmat qiladi. Malikaning harbiy tayyorgarligi uch yil davom etadi.
"Barcha parlament monarxiyalarida bo‘lgani kabi taxt vorisi harbiy maʼlumotga va armiya martabasiga ega bo‘lishi kerak", — deya izoh berdi Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles bu maʼlumotga.
Malika birinchi yilni Saragosadagi Oliy harbiy akademiyada o‘tkazadi, ikkinchi yili u dengiz maktabiga boradi, u yerda, xususan, Xuan Sebastyan de Elkano barkasida o‘qiydi. Xizmatning uchinchi yilida taxt vorisi Bosh havo kuchlari akademiyasida tahsil oladi.
Ayni damda ispan monarxining qizi Buyuk Britaniyadagi Atlantika kollejini tamomlamoqda. 31 oktyabrda u 18 yoshga to‘ladi.
"Bir kun kelib ayol kishi bosh qo‘mondon bo‘ladi. So‘nggi yillarda biz armiyadagi ayollar sonini ko‘paytirish uchun katta saʼy-harakatlar qilyapmiz”, — dedi vazir Robles.
Malika Leonor 2005 yilda tug‘ilgan va Ispaniya monarxiyasining vorisligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. U qirol Filipp VI va qirolicha Sofiyaning to‘ng‘ich qizi.


