2025 yilda Saudiya Arabistoni bir yil ichida qatl etilganlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi va jami 340 kishini qatl etdi. Shu jumladan, dushanba kuni Makka viloyatida uch kishi qatl qilindi deb xabar berdi Ria novosti.
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi va mahalliy SPA axborot agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, qatl etilganlarning aksariyati giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo olgan. 2025 yil boshidan buyon 232 kishi aynan shu ayblar bilan qatl qilingan.
AFP maʼlumotlariga ko‘ra, inson huquqlari tashkilotlari 1990 yillardan buyon Saudiya Arabistoni qatllarini hujjatlashtirib keladi. Shu davr mobaynida 2024 yilda qirollikda 338 kishi qatl etilgan bo‘lib, 2025 yil ushbu rekordni yangiladi.
Tahlilchilar Saudiya Arabistoni o‘lim jazosi sonining ortishini 2023 yilda boshlangan “giyohvand moddalarga qarshi urush” bilan bog‘lamoqda. O‘shanda qirollik ushbu jinoyatlar bo‘yicha qatllarni uch yilga to‘xtatgan, ammo keyinchalik yana qayta tiklagan.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni sobiq prezident Bashar al-Assad hukmronligi davrida Suriyada ishlab chiqarilgan Saptagon sintetik giyohvand moddasining asosiy bozori hisoblanadi. Bu holat qatllarning ko‘payishiga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.


