Saudiya Arabistoni AQSh tomonidan Eronga qarshi ehtimoliy harbiy amaliyotlarda o‘z harbiy bazalari yoki havo hududidan foydalanishga ruxsat bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda Fox News telekanali manbalariga tayanib xabar berdi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Saudiya Arabistoni bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan bo‘lsa-da, Eronga nisbatan aniq rejalarini Fors ko‘rfazidagi ittifoqchisi bilan baham ko‘rmagan. Yuqori lavozimli amaldorlarning ta’kidlashicha, mintaqadagi ittifoqchilar Vashingtonning aniq pozitsiyasi borasida yetarli tushunchaga ega emas.
Shu fon’da Saudiya tomoni AQShni ochiq tarzda ogohlantirib, Eronga zarba berish uchun Saudiya havo hududi yoki harbiy obyektlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan. Riyod mintaqada keskinlikning yanada kuchayishidan manfaatdor emasligini yashirmayapti.
Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu pozitsiya Yaqin Sharqda xavfsizlik muvozanatini saqlash va Eron bilan bevosita qarama-qarshilikka tortilmaslik istagi bilan izohlanmoqda. AQSh va Eron o‘rtasidagi taranglik kuchayib borar ekan, Saudiya Arabistonining ushbu bayonoti mintaqaviy diplomatiyada muhim signal sifatida baholanmoqda.


