1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Saudiya Arabistoni barcha mintaqalarda neft narxini pasaytirmoqda

Bu 2020 yildan beri ilk marta pasayish.

Saudiya Arabistoni barcha mintaqalarda neft narxini pasaytirmoqda

 

Saudiya Arabistoni 2024 yilning fevral oyida barcha mintaqalar uchun barcha turdagi neft narxini pasaytiradi, deya maʼlum qildi Saudi Aramco davlat kompaniyasi.

 

Osiyolik xaridorlar uchun narxlar bir barrel uchun 2 dollarga pasaytiriladi. Natijada Osiyoga yetkazib beriladigan neftning asosiy turi – Arab Light narxi Ummon va Dubay nefti savatchasiga nisbatan 1,5 dollarga qimmatroq bo‘ladi – bu 2021 yil noyabridan beri minimal ko‘rsatkichdir.

 

Fevral oyida AQSH uchun narxlar ham barreliga 2 dollarga, Shimoliy-G‘arbiy Yevropa va O‘rtayer dengizi mamlakatlari uchun bir barrel uchun 1,5-2 dollarga pasayadi.

 

Maʼlumot uchun, neft narxi 2020 yildan beri birinchi marta 2023 yilda pasaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика