Saudiya Arabistoni Rossiya-Ukraina mojarosida rasman neytral pozitsiyani egallaydi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon maʼlum qildi. Uning aytishicha, mamlakat faol betaraflikni tanlagan.
“Zelenskiy uchun bu ijobiy natija bo‘lishi mumkin, chunki o‘tgan yili Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar eng yuqori cho‘qqiga chiqdi”, — deb yozadi “The Guardian” gazetasi.
Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyirib, shahzoda, ushbu mamlakat bosh vaziri Muhammad bin Salmon al Saud bilan uchrashdi.
Bundan tashqari, Zelenskiy Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Quvayt delegatsiyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazgan. Asosiy masala Ukraina Tinchlik formulasini amalga oshirish mexanizmi va bu jarayonga imkon qadar ko‘proq dunyo davlatlarini jalb qilish imkoniyati edi.


