1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Saudiya Arabistoni sayyohlar uchun ochilmoqda

1-avgustdan eʼtiboran Saudiya Arabistoniga sayyohlarning kirishiga ruxsat beriladi.

Saudiya Arabistoni sayyohlar uchun ochilmoqda

 

Bu haqda mamlakat Turizm vazirligi Tvitterdagi sahifasida maʼlum qilgan.

«2021 yilning 1 avgustidan koronavirusga qarshi emlangan turistik viza egalari uchun podshohlik hududiga kirish taqiqi bekor qilinadi. Ular emlanganlik haqida maʼlumotoma taqdim qilishsa, majburiy karantinda bo‘lishmaydi», – deyiladi vazirlik bayonotida.

Saudiya Arabistonida koronavirusga qarshi quyidagi to‘rtta vaksina maʼqullangan: Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca va Pfizer/BioNTech.

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni 523 mingdan oshdi, bemorlardan 8,2 mingdan ziyodi vafot etdi. Koronavirusga qarshi emlash ishlari o‘tgan yilning dekabrida boshlangan bo‘lib, aholining yarmi aqalli bir marta emlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика