1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Saudiya Arabistoni yangi OPEC+ kelishuvini ishlab chiqmoqda

U neft qazib olish hajmini belgilaydi.

Saudiya Arabistoni yangi OPEC+ kelishuvini ishlab chiqmoqda

 

Saudiya Arabistoni yangi OPEC+ kelishuvi imzolashga umid bildirmoqda. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon al-Saud maʼlum qildi.

 

Vazir Financial Times nashriga bergan intervyusida yuqoridagi rejalarni ochiqlagan. Shu bilan birga u agar talab katta bo‘lsa, neft qazib olish ko‘paytirilishini aytgan.

 

Abdulaziz ibn Salmon ushbu kelishuvga Rossiya ham jalb qilinishini inkor qilmagan. Shuningdek, u dunyoda nima uchun “qora oltin” narxi oshib ketganini izohlagan.

 

“so‘nggi 3 yilda butun dunyo 4 million barrel neftni qayta ishlash quvvatlarini yo‘qotdi, ularning 2.7 millioni esa koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon yo‘qotildi”, – degan u.

 

OPEC+  kelishuviga 2017 yilda erishilgan. 2020 yilda u 2022 yil oxiriga qadar uzaytirildi. Kelishuv orqali neft ishlab chiqaruvchi davlatlarning “qora oltin” qazib olishi uchun limit o‘rnatilgan. Rossiya-Ukraina mojarosi ortidan Vashington bir necha bor Saudiya Arabistoniga neft qazib olishni ko‘paytirishni so‘rab murojaat qildi. Ammo Ar-Riyod OPEC+ kelishuvini buzmasligini taʼkidladi.

 

Avvalroq Yevropaning Rossiya neftidan voz kechishi uchun qancha mablag‘ zarurligi ochiqlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика