Bir necha kundan beri davom etayotgan toshqinlar tufayli Saudiyada darslar bekor qilindi.
Mamlakatning ayrim hududlarida 31 avgust kuni boshlangan kuchli yog‘ingarchilik hozirgacha davom etmoqda.
Qirollik Taʼlim vazirligi xavfsizlik nuqtayi nazaridan maktablardagi bugungi darslarni bekor qilgan.
Mahalliy aholi ehtiyotkor bo‘lishga va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirildi. Saudiya Arabistonining g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismida ob-havo haqida qizil ogohlantirish eʼlon qilingan.