
Markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatovning aytishicha, Prezident sayloviga doir saylov byulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi va tavsifini tasdiqlash hamda ko‘zi ojiz saylovchilarning saylov byulletenini to‘ldirishda foydalanishlari uchun har bir saylov uchastkasini ikki donadan trafaretlar bilan taʼminlash taklif etilmoqda.

Shuningdek, saylovoldi tashviqotga oid teleko‘rsatuvlar imo-ishora tili va subtitr yozuvida berib borilmoqda, bosma nashrlar Brayl alifbosida ham tayyorlanib yetkazilmoqda.
Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov prezident saylovlarida qatnashadigan nomzodlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablarda o‘zgarish yo‘qligi, O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar prezident saylovida qanday ishtirok etishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgandi.


