1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Saylovchilarga eslatma

Bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilar quyidagilarni bilishi lozim:

Saylovchilarga eslatma

- ovoz berish ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 ga qadar davom etadi;

 

- saylovchida fuqarolik pasporti yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi lozim;

 

- qaysi saylov uchastkasida ovoz berish haqida ma’lumotga ega bo‘lmasangiz saylov.uz manziliga kirib, tug‘ilgan sana va pasport raqamini kiritgan holda ertaga ovoz beradigan saylov uchastkangizni aniqlab oling;

 

- saylov byulleteni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchining yolg‘iz o‘zi to‘ldirishi shart;

 

- ovoz berish tanlangan nomzodning familiyasi to‘g‘risida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga «➕» yoki «✔️» yoxud «✖️» belgisini qo‘yish lozim;

 

Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli. 

 

Ovoz beruvchi to‘ldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi.

 

Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin.

 

 O‘z kelajagingiz uchun befarq bo‘lmang, saylovlarda ishtirok eting!

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика