1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saylovchilarning faolligiga havas qildim —italiyalik kuzatuvchi

zamon.uz muxbiri yurtimizga kelgan italiyalik kuzatuvchining fikrlari bilan qiziqdi.

Saylovchilarning faolligiga havas qildim —italiyalik kuzatuvchi

 

Narmin Raximova,  ''Еxportiamo.it'' vakili (Italiya):

 

—O‘zbekistonga ikkinchi bor kelishim. Bu gal ham ko‘rganlarim, fikr va xulosalarim, taassurotlarim o‘zgacha. Bugun saylov uchastkalarida bo‘lganimizda mamlakatingizda saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rilganiga guvoh bo‘ldik. Menda, ayniqsa, saylovchilarning faolligi, ushbu muhim siyosiy jarayonga befarq emasliklari havas uyg‘otdi.

 

Xorijiy OAVlarning erkin va faol faoliyat olib borishlari uchun ham barcha imkoniyat yaratilgan. O‘zbekistonda sharqona mehmondo‘stlikning eng yuksak namunasini ko‘rish mumkin. Buni aeroportdanoq sezish va his qilish mumkin. Qadimiy shaharlarni ko‘rish uchun tashkil qilingan press-tur har qanday kishini hayratga solmasdan qo‘ymaydi. O‘zbekiston boy madaniy merosga ega sanoqli mamlakatlardan biri sanaladi. Buxoro va Samarqand bizni o‘zining afsonaviy osori atiqalari, meʼmoriy inshootlari bilan hayratga soldi. Endi qadimiy Xivani ko‘rishni intiqlik bilan kutyapman. Saylovdan bir kun oldin tashkil etilgan "Oltin kuz navolari" madaniy dasturi ham menda katta taassurot qoldirdi.

 

Mamlakatingizda so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohada o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining samarasini berayotganini yaqqol kuzatish va ko‘rish mumkin. O‘zbekiston, inchinun, ulkan turistik salohiyatga ega mamlakat sanaladi. Buni O‘zbekistonni xalqaro turizmga tobora ochilayotganidan ham bilsa bo‘ladi. Yurtingizdagi ulkan turistik salohiyat yevropaliklar, xususan, italiyaliklarni ham o‘ziga tortishi, shubhasiz.

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика