1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Sayyohlardan koronavirus cheklovlari olib tashlandi

Tartib qachondan amal qilishi ochiqlandi.

Sayyohlardan koronavirus cheklovlari olib tashlandi

 

2022-yilning 10-iyunidan boshlab O‘zbekistonga turizm maqsadida tashrif buyuruvchilar uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi.  

 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Endilikda ulardan:

 

– koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy natijali maʼlumotga ega bo‘lish,

 

– koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi hamda tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lish talab etilmaydi.

 

Komissiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari hamda Turizm  va madaniy meros vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik  va jamoat salomatligi xizmatining takliflarini inobatga olgan holda shunday qarorga keldi, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика