1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sayyoradagi holat Jeyms Bond tushadigan vaziyatlar bilan bir xil — Boris Jonson

Britaniya bosh vaziri iqlim o‘zgarishini "halokat mashinasi" deb atadi.

Sayyoradagi holat Jeyms Bond tushadigan vaziyatlar bilan bir xil — Boris Jonson

 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson sayyoradagi iqlim holatini Jeyms Bond doimiy tushadigan xavfli va qiyin vaziyat bilan qiyosladi. Bu haqda siyosatchi Glazgodagi iqlim masalalariga bag‘ishlangan sammit ochilishida aytgan.

 

Hozirda biz — dunyo yetakchilari Jeyms Bond bilan bir xil vaziyatdamiz. Fojia shundaki, bu kino emas, balki haqiqiy halokat mashinasidir, — degan Britaniya bosh vaziri.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, insoniyat qadimdan iqlim o‘zgarishi masalalarini keyinga qoldirib kelgan. "Yarim tunga bir daqiqa qoldi, biz harakat qilishimiz kerak", — deya qayd etdi Jonson.

 

Bosh vazirning fikricha, ko‘mir, avtomobillar, pul va moliyalash bo‘yicha  muloqotlardan aniq harakatlarga o‘tish davri keldi.

 

Bizga yangi umid va maqsadlar qanchalik qadrli bo‘lmasin, kerak emas. Ammo bizga aniq majburiyatlar va ularni bajarish muddatlari zarur. Iqlim o‘zgarishiga doir munosabatlarimizda biz osmondan tushishimiz kerak, —  degan Jonson.

 

Bundan avval iqlim o‘zgarishi tufayli Yerda hayot chidab bo‘lmas darajaga yetishi xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика