1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

"Sen bo'lmasang boshqasi": Rossiya neftiga yangi xaridor topdi

Osiyo davlatlaridan biri Moskva eksportida Yevropa o’rnini egallamoqda.

"Sen bo'lmasang boshqasi": Rossiya neftiga yangi xaridor topdi

 

Hindiston bir necha oydan beri Rossiyaning Urals neftining yetakchi xaridori hisoblanadi.

 

Qayd etilishicha, Dehli Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilganidan keyin yevropalik xaridorlardan bo'shagan joyni to‘ldirgan. Yanvar oyida eksport qilingan neftning taxminan 70 foizi Hindistonga jo'natildi.

 

Shu bilan birga, Moskva Iroq o'rnini egallab, Nyu-Dehlining eng yirik neft yetkazib beruvchisiga aylandi.

 

"Rosneft" bosh direktori Igor Sechin Hindistondagi energetika anjumanida aytganidek, endi rus neftining narxi Yevropadan tashqarida belgilanadi.

 

"Agar Rossiya nefti Yevropa bozoriga chiqmasa, demak, "Referent" neft hajmi qayerda bo'lsa, o'sha yerda narx shakllanadi", - deya ta'kidladi u.

 

Avvalroq Rossiya neft mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga olib kirishni taqiqlash kuchga kirgan edi. Bunga dizel, moy va reaktiv kerosin kiradi.

 

5-fevralgacha Ittifoq Rossiyadan kuniga taxminan 70 million yevro miqdorida neft mahsulotlarini import qilib, zahiralarni to’ldirib olgan. Shuningdek, yakshanba kunidan boshlab Yevropa Ittifoqi va G7 Rossiyadan keladigan xom neft mahsulotlari uchun mavjud narx chegaralarini kengaytirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика