Ilk bor “senzura” atamasi XV asrda Gʻarbiy Yevropada paydo bo‘lgan. U cherkov ma’murlari tomonidan ilohiy va boshqa diniy qo‘lyozma kitoblarga nisbatan qo‘llangan. Bugungi kunga kelib ham senzura butunlay yo‘qolganicha yo‘q. Aksincha ayrim mamlakatlarda senzura yanada kuchayib bormoqda. Masalan, Afrikadagi Eritreya davlati, Shimoliy Korea, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Vetnam, Eron, Ekvatorial Gvineya, Belarus hamda Kuba eng kuchli senzura o‘rnatilgan davlatlar hisoblanadi. Bunga sabab bo‘lgan asosiy omillar quyida ko‘rsatilgan: – Xususiy yoki mustaqil OAVning yo‘qligi/cheklanganligi; – Axborot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik borligi; – Saytlarning bloklanishi; – Xorijiy kanallarning signallariga to‘siq qo‘yilishi; – Xorijiy muxbirlar faoliyati cheklanishi; – Hukumat tomonidan jurnalistlar kuzatuvga olinishi; – Jurnalistlarning harakati cheklanishi; – Jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish talab etilishi. Keling endi umumiy, barcha davlatlarda bo‘ladigan syenzura sabablarini keltirib o‘tamiz. Axloqiy senzura Ba’zi faktlar tomoshabinlar uchun nomaqbul bo‘lishi mumkin, deb o‘ylashadi. Ko‘p mamlakatlar bu narsalarni ko‘rishni cheklaydi. Bundan tashqari, ayrim haqoratli mavzularni ko‘rsatish yoki yozish taqiqlanishi mumkin. Taxminan 1960-yildan beri bosim guruhlari ba’zi so‘zlarni boshqalarning foydasiga ishlatishni to‘xtatishga harakat qilishdi. Bu, ayniqsa, irq va jinsni tavsiflovchi so‘zlar bilan sodir bo‘ladi. Harbiy senzura Urushda barcha yangiliklar syenzura qilinishi mumkin. Bu dushman hujumni rejalashtirishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni ololmasligini kafolatlash uchun qilingan. Ko‘pincha bu harbiy qo‘shinlarning hajmini, shuningdek, qo‘llaniladigan strategiya va taktikani ham o‘z ichiga oladi. Siyosiy senzura Hukumat (yoki siyosiy partiya) ma’lum turdagi ma’lumotlarni ushlab turishi mumkin. Bu qo‘zg‘olon yoki sharmandalikning oldini olish uchun qilingan. Diniy senzura Ko‘pincha ayrim turdagi ma’lumotlarni olib tashlaydigan yoki o‘zgartiradigan hukmron din mavjud. Ruminiyada ko‘plab maktablar endi evolyusiyani o‘rgatmaydi, AQSH va Buyuk Britaniyadagi ko‘plab maktablar esa kreasionizmni muhokama qilishdan bosh tortadilar. Korporativ senzura Ko‘pincha yirik korxonalar materiallarni nashr qilishni to‘xtatadilar, chunki bu ularning biznes g‘oyalarini to‘xtatadi va xodimlar hayoti uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Ba’zida bilimga ham syenzura qo‘yiladi. Chunki unga kirish odamga zarar yetkazishi mumkin, deb ishoniladi. Slate jurnalining yozishicha, XVIII asrda fransuz qirolining kengashi “Ensiklopediya”ni tarqatishni to‘xtatgan. Xitoy hukumati 2015-yil iyun oyidan xitoy tilidagi Vikipediyani bloklab qo‘ydi. Aslida senzuraga qachon ruxsat berish kerakligi haqida ko‘p bahs-munozaralar mavjud. Misol uchun, AQSH prezident Richard Nikson “Nyu-York Times” Pentagon hujjatlari, Nikson va harbiylar Vetnam urushi haqida yolg‘on gapirganliklarini ko‘rsatuvchi bir guruh maxfiy harbiy hujjatlar to‘g‘risidagi maqolalarni chop etishga uringanlarida, syenzura o‘tkazgan. “Nyu-York Times” Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarshi oliy sud syenzurani bekor qilib, Nikson buni harbiylar uchun xavfli bo‘lishini ko‘rsatmaganini, shunchaki sharmandali ekanini aytdi. Boshqa mamlakatlarda jurnalistlar va blogerlar hukumat haqida yomon gap aytgani uchun hibsga olinadi. Misrda Karim Amer islomni haqorat qilgani va Misr prezidenti Husni Muborakni diktator deb atagani uchun hibsga olingan edi. Yuqorida keltirilgan holatlar syenzuraga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo bu mutlaqo hamma narsani cheklab qo‘yish kerak, degani emas. Xususan, ko‘p davlatlarda syenzuraga qarshi qattiq kurashiladi hamda bu to‘g‘risida hukumat tomonidan qonun va qarorlar ishlab chiqiladi. O‘zbekistonda ham senzura butunlay yo‘q qilinmagan bo‘lsa-da, o‘rinsiz senzurani to‘xtatish uchun qarorlar qabul qilingan. Masalan, “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida” (1997-yil 24-aprel), “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolati to‘g‘risida” (2002-yil 12-dekabr) qonunla mavjud. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 67-moddasida “Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” deb keltirilgan. Achinarlisi, bu kabi qarorlar qabul qilinib, syenzurani oldini olishga harakat kuchaysa-da, syenzura kuzatilaveradi. Bunga birgina yechim qarorlarni faqatgina bilishimiz emas, ularni amalda qo‘llashimiz kerakligi. Agar qilgan ishimiz to‘g‘riligiga ishonsak va buni isbotlay olsak, syenzura holatida ham o‘z fikrimizda qat’iy tura olamiz Muallif: KOMILA YODGOROVA