Ayolni o‘z homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash (115-modda);
➖ taklif etilmoqda: 60 mln so‘mgacha jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
➖ amalda: 15 mln so‘mgacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari)
Nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish (118, 119-moddalar);
➖ taklif: 1-qismi 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
➖ amalda: 1-qismi 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish).
Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (121-modda);
➖ taklif: 1-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish, og‘irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi.
➖ amalda: 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari)
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (128-modda);
➖taklif: 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. Og‘irlashtiruvchi holatlarda – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
➖ amalda: 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud ozodlikdan mahrum qilish)
16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish (129-modda);
➖ taklif: 1-qismi 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. Agar o‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
➖amalda: 1-qismi 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 2-qismi 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari)
Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish (130-modda);
(taklif: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish)
➖ 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
➖ amalda: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish) 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.


