1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Senatning navbatdagi yalpi majlisi bugun o‘tkaziladi

Unda qaysi masalalar kun tartibida bo‘lishi ochiqlandi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi bugun o‘tkaziladi

 

Kecha Oliy Majlisi raisi Tanzila Narbayeva olib borgan Senat Kengashining navbatdagi majlisida yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisni bugun – 4 avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yalpi majlis ikki kun davomida videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilishi aytilmoqda.

 

29-yalpi majlisda:

 

–        “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi,

–        “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi,

–        “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi,

–   “O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206 prim 1 moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

 

Shuningdek, kun tartibi doirasida Oliy Majlis Senati Kengashi qarorlarini ham tasdiqlash ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика