1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Senatorlar soni amaldagi 100 tadan 65 taga kamaymoqda

Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish Qonunchilik palatasi vakolatiga o‘tkazilmoqda.

Senatorlar soni amaldagi 100 tadan 65 taga kamaymoqda

 

Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va maʼqullash, Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish, Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish kabi vakolatlar bevosita xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanadigan Qonunchilik palatasi vakolatiga o‘tkazilmoqda. Bu o‘zgarish quyi palataning vakillik tabiatiga va ilg‘or xorijiy tajribaga to‘la mos keladi.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish faqat Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p ovoz olgan partiya yoki partiyalar irodasiga bog‘langan edi. Yangi taklif etilayotgan tartib orqali esa barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining nafaqat Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqishda, balki butun Hukumatni shakllantirishdagi ishtiroki taʼminlanadi.

 

Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan vazirni lavozimidan ozod etish bo‘yicha Qonunchilik palatasining Prezidentga taklif kiritish huquqining belgilanayotgani Hukumat aʼzolarining xalq vakillari oldidagi hisobdorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

 

«Konstitutsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan hujjat bo‘lmoqda. Yaʼni, endi barcha fuqarolar hattoki o‘zining kundalik hayotida ham Konstitutsiyaga murojaat qiladilar. Undagi barcha normalar, ularni qanday amaliyotda qo‘llashni ochib beruvchi qonunchilik hujjati mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydi», — Oliy majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика