Serbiya xavfsizlik nuqtayi nazaridan Kiyevdagi elchixonasini yopishga qaror qildi. Bu haqda mamlakatning Ukrainadagi diplomatik vakolatxonasi o‘z saytida ma’lum qildi.
“Serbiya Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi o‘z xodimlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaqtincha yopildi”, — deyiladi xabarda.
Endi diplomatik vakolatxona xodimlari Belgradda faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13-fevral kuni Serbiya TIV fuqarolarga Ukrainani tark etishni va u yerga bormaslikni tavsiya qilgandi.


