Serbiya poytaxti Belgraddagi maktabda 13 yoshli o‘smir sakkiz nafar sinfdoshi va qo'riqchini otib o'ldirdi.
Yana olti nafar bola va bir o‘qituvchi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda o'smir qo'lga olingan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u sinfga kirib, otasiga tegishli to‘pponchadan o‘q uza boshlagan. Shundan keyin o'zi politsiyaga qo'ng'iroq qilgan.
Voqea sabablari hozircha ma’lum qilinmagan, biroq u oldindan rejalashtirilgani xabar qilindi. Hujumchining qo‘lida o‘ldirmoqchi bo‘lgan 16 nafar o'quvchining ismlari yozilgan ro‘yxat bo‘lgan.


