May oyi boshida Serbiyada 17 kishi halok bo‘lgan ikki ommaviy otishmadan so‘ng, mamlakat hukumati uzoq yillar davomida harbiy arsenalini noqonuniy saqlagan fuqarolardan qurol-yarog‘larni musodara qilish kampaniyasini davom ettirmoqda. Fuqarolardan 13 500 ta qurol olindi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich musodara qilingan qurollar ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Ekspozitsiyada 13 500 turdagi harbiy qurollar namoyish etildi. Ular orasida miltiqlar, pulemyotlar, raketalar va tankka qarshi granatalar bor.
Serbiyada «qurol amnistiyasi» 8 iyunga qadar davom etadi.
Shu paytgacha qurolini ixtiyoriy ravishda davlatga topshirgan barcha fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilmaydi va jazolanmaydi.


