Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yermuhambet Qonisbayev va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev raisligida videokonferensiya formatida qozoq-turkman siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
«Tadbir doirasida tomonlar Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatdagi hamkorlikning holati va yana-da rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning 2021 yil oktyabr oyida Ashxobodga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning 2022 yil oktyabr oyida Qozog‘istonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish shuningdek, Turkmaniston tomonining 6-chi OHICHK sammitida, MDH Davlat rahbarlari kengashi va «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammitida ishtirok etishga alohida eʼtibor qaratildi», — deyiladi xabarda.
Maslahatlashuvlar natijalariga ko‘ra, tomonlar Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi aloqalarning yuqori darajasini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi.


