1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Sergelida 32,5 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan bank kassiri va bosh mutaxassisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahridagi banklardan birining valyuta ayriboshlash shoxobchasidan 32,5 ming dollarni o‘zlashtirgan bank nazoratchi-kassirining kirdikorlari fosh bo‘ldi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Sergelida 32,5 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan bank kassiri va bosh mutaxassisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Maʼlum qilinishicha, departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida bankning Sergeli filiali qoshidagi «O‘zgarish bank xizmatlari markazi» nazoratchi-kassiri Yu.N. va bosh mutaxassisi M.Sh. 14—17 iyul kunlari markazning valyuta ayriboshlash shoxobchasidan o‘zlariga ishonib topshirilgan 32,5 ming dollarni olishga erishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, Yu.N. o‘zlashtirgan mablag‘larining bir qismini Lacetti rusumli avtotransport vositasini sotib olish hamda yashash xonadonini taʼmirlash ishlariga sarflab, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Arnasoy tumani hokimligi mansabdorlari 7 mlrd so‘mni o‘zlashtirishda gumonlanayotgani, tadbirkorlarga 903 mln so‘mlik noreal qarzdorlik hisoblagan «Hududgaz Jizzax» xodimlariga nisbatan jinoiy ishi qo‘zg‘atilgani, O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi va uning tarkibidagi tashkilotlar 9,4 mlrd so‘mlik mablag‘ni noqonuniy sarflagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика