1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sergelida sifatsiz qurilish ishlari sabab maktab qurilishi to‘xtatildi

Qurilish jarayonida bir qator jiddiy qoidabuzarliklar aniqlangan.

Sergelida sifatsiz qurilish ishlari sabab maktab qurilishi to‘xtatildi

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Sergeli tumanida qurilayotgan 54-umumta’lim maktab binosida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida qurilish jarayonida bir qator jiddiy qoidabuzarliklar aniqlangan.

 

Aniqlanishicha, maktab binosining ikkinchi qavatida o‘rnatilgan beton plitalarning ayrimlari yaroqsiz bo‘lib chiqqan. Shuningdek, yuk ko‘taruvchi rigellardan biri ham qurilish me’yorlariga mos kelmay, past sifatda bajarilgani ma’lum bo‘ldi.

 

Ushbu holat bo‘yicha qurilish ishlari darhol to‘xtatilgan. Sifatsiz bajarilgan ishlar buzdirilib, yaroqsiz plitalar obyektdan chiqarib tashlangan. Plitalarni ishlab chiqargan korxonaga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.

 

Qurilishni amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotga qoidabuzarliklarni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi. Hozirda obyektdagi ishlar vaqtincha to‘xtatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика