Bugun, 23 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi. Bu haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
“Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibimizdagi keng ko‘lamli masalalarni qamrab olgan mazmunli muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Biz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yana-da rivojlantirishga intilamiz”, deb yozdi vazir o‘zining rasmiy Telegram-sahifasida.


