
"Bezorilikka, migratsiya qonunchiligining buzilishiga kelsak, faqat bitta yechim bor — jazolash, mamlakatdan chiqarib yuborish va kirishni taqiqlash. Biz bu amaliyotni davom ettiramiz. Iltimos, keling, ishlang, lekin jamoat tartiblarini buzmang", - dedi Sobyanin" KP "ga bergan intervyusida.
Shahar merining maʼlum qilishicha, ishchi kuchi taqchilligi muhojirlar soni kamayganidan emas, balki qurilish loyihalari ko‘p bo‘lganidan kelib chiqadi. O‘tgan yillarda o‘rtacha 3 million kvadrat metrga yaqin uy-joy foydalanishga topshirilgan edi. Oxirgi ikki yilda esa uning miqdori 5 million kvadrat-metrdan oshdi, yaqin vaqt ichida 6 million kvadrat-metrga yetishi kutilmoqda. Demak, qariyb ikki barobar oshyapti. Bu esa, tabiiyki, ishchi kuchiga nisbatan bo‘lgan talabni oshiryapti.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya migrantlarga yangi majburiyat yuklashi, ularga maxsus chipli plastik kartalar tarqatilishi haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva


