Janubiy Koreya poytaxtidagi hayvonot bog‘idan Sero laqabli (koreyscha “vertikal” degani) erkak zebra qochib ketdi. Qayd etilishicha, jonivor qo‘ra atrofidagi yog‘och panjarani buzib o‘tib, sayrga chiqqan.
Shahar aholisi Sero mashinalar va odamlarga to‘la ko‘chalarda yurib, vaqti-vaqti bilan axlat qutilariga qaragan ko‘plab videolarni suratga oldi.
Nihoyat, hayvonot bog‘i xodimlari zebrani tor ko‘chalardan birida tutishga muvaffaq bo‘lishdi, keyin esa uni uyqu tabletkalari kapsulasi bilan otishdi. Uxlab yotgan jonivor yuk mashinasida yana hayvonot bog‘iga qaytdi.


