Seul Kiyevga hujumkor qurollarni bermagan. Bu haqda Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yоl maʼlum qildi.
Payshanba kuni Vladimir Putin "Valday" klubidagi nutqida Koreya Respublikasini Ukrainaga qurol yetkazib berishga qaror qilganini aytgandi. Shuningdek, Rossiya yetakchisi agar Moskva KXDRga qurol jo‘natsa, bu Seulga yoqmasligini ham taʼkidladi.
"Biz Ukrainaga gumanitar yordam berish masalasida xalqaro hamjamiyat bilan birgamiz va hech qanday hujumkor qurollar bermaganmiz. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham bu suverenitet masalasi", — degan Yun Sok Yоl jurnalistlar bilan suhbatda.
Seul AQSHning eng muhim ittifoqchilaridan biri bo‘lsa-da, Ukrainaga hujumkor qurollar berishdan qochib keladi. Bu Rossiya bilan iqtisodiy masalalarda kelishmovchiliklardan qochish hamda Moskvaning Shimoliy Koreyaga taʼsiri bilan izohlanadi.
"Biz barcha davlatlar, xususan, Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilyapmiz", — degan Janubiy Koreya Prezidenti.
Avvalroq Isroil Prezidenti uning mamlakati nima uchun Ukrainaga qurol yetkazib bera olmasligini ochiqlagandi.


