Janubiy Koreya va AQSH 240 harbiy samolyot ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Mashg‘ulotlar 31 oktyabrdan 4 noyabrga qadar o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, Seul 140 samolyotni, xususan, F-35A, F-15 va i KF-16 qiruvchilarini jalb qiladi. O‘z navbatida Amerika tomoni 100 ta samolyotni, jumladan, F-35B qiruvchisini tashlaydi.
Bundan tashqari, Avstraliya harbiylari ham mashg‘ulotlarda ishtirok etishi mumkin. Aviatsiya mashqlari KXDRning yadro sinovlari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi taxminlar fonida tashkil qilinmoqda.
Avvalroq Janubiy Koreya AQSH yadro qurolidan birgalikda foydalanmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.


