1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sevastopolga raketa hujumi uyushtirildi

SSVga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan.

Sevastopolga raketa hujumi uyushtirildi

Hodisa 23 iyun kuni soat 12:20 atrofida yuz bergan. Rossiya Mudofaa vazirligi Sevastopol "Amerikaning kassetali o‘q-dorilarga ega ATACMS raketalari" bilan o‘qqa tutilgani haqida xabar qilgan. Harbiy idora tarqatgan xabarga ko‘ra, to‘rtta raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Yana bitta raketa "havo hujumidan mudofaa vositalari harakati taʼsirida oxirgi bosqichda parvoz trayektoriyasidan chetga og‘gan va jangovar qismi shahar hududi ustida portlagan".

 

Raketa parchalari shaharning bir necha rayonlariga tushgan. Jumladan, Sevastopol rahbari o‘rinbosari Aleksandr Kulaginning xabar berishicha, Uchkuyevka hududidagi plyajga ham raketa parchalari tushgan. Shuningdek, raketa qoldiqlari qulashi oqibatida turar joylardan birida va o‘rmonda yong‘in chiqqan.

 

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan, 124 kishi jarohatlangan. Sevastopol shahri maʼmuriyati rahbari jabrlanganlar soni ortishi mumkinligini istisno etmagan va 24 iyun kunini Sevastopolda qurbonlar xotirasiga motam kuni deb eʼlon qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика