1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Sevimli” telekanali xodimini kaltaklaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura alohida nazorat o‘rnatgan.

“Sevimli” telekanali xodimini kaltaklaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Avvalroq  Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida futbol o‘yilarini yoritishga borgan telekanal tasvirchisi organ xodimlari tomonidan kaltaklangani xabar qilingandi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11-iyun kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasida O‘zbekiston – Iroq o‘yinini yoritishga borgan “Sevimli” telekanali muxbiri va tasvirchisi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida (kelishmovchilik—tah.) kelib chiqqan holati o‘rganilgan.

 

Holat bo‘yicha Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.


“Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatildi”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика