1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Shaharlar qulayligi” indeksini joriy qilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Aholi turmush tarzi qulayligi shaharlarni 6 ta hududga bo‘lish orqali baholanadi.

“Shaharlar qulayligi” indeksini joriy qilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi

 

Bu haqda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha  “yo‘l xaritasi” loyihasida so‘z boradi. 

 

Konsepsiyani  ishlab chiqishda BMT Xabitat dasturi, xorijiy davlatlar tajribasi va tegishli imzolangan xalqaro shartnomalar va memorandumlar ko‘zda tutiladi.

 

Shuningdek, hududlarning bosh rejalar bilan taʼminlanganligi, arxitekturaviy dizayn-kodlar mavjudligi va ularga rioya qilinishi, infratuzilma va bino-inshootlar fondi energosamaradorligi, hududlarni ko‘kalamzorligi va obodonlashtirish darajalari, shaharlarni infrastruktura bilan taʼminlanganligini inobatga olgan holda obyektlar joylashtiriladi va loyihalashtiriladi.

 

Shaharlarni zonalarga bo‘lish orqali ichki hududlarni tegishli toifalarga bo‘lgan xolda baholash maqsadida 6 ta zonaga (yashash joylari, yo‘l chizmalari, ko‘kalamzorlashtirish, maʼmuriy, biznes infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilmalar, jamoat maydonlari) bo‘linadi va ular baholanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqilishi hamda qurilish sohasidagi qatʼiy talablar soddalashtirilishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика