“Men “Manchester Siti” hozir dunyoning eng yaxshi jamoasi ekanligiga ishonamanmi? Yo‘q ishonmayman. Chunki shunday, biz dunyodagi eng zo‘r klub emasmiz. Jahonning eng yaxshi jamoasi Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan “Chelsi” klubidir”, - deya Gvardiolaning so‘zlaridan “Metro” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 24 o‘yinda 60 ochko jamg‘argan va Angliya Premyer-ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, ”Chelsi” 47 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq, Tuxel “Barsa”ning takliflariga qarshi chiqqani va “Manchester Siti” Kilian Mbappeni istalgan narxda sotib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


